Farg‘ona — Belarus: hududlararo hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
2026-10-29 14:05:00 / Yangiliklar
Minsk. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Belarus Respublikasiga keldi.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda hududlararo aloqalarni yanada mustahkamlashdir.
Tashrif dasturidan davlat va rasmiy doira vakillari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan muloqotlar, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan biznes-forum hamda "B2B" uchrashuvlar o‘rin olgan.
Shuningdek, o‘zaro tajriba almashish maqsadida Belarus Respublikasidagi yirik sanoat, qishloq xo‘jaligi va yuqori texnologiyali korxonalar faoliyatini bevosita o‘rganish ko‘zda tutilgan.
