Qayta tiklanuvchi energiya — yangi imkoniyatlar manbai
2026-10-28 22:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, xususan, shamol elektr stansiyasini qurish loyihasiga investitsiya jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mehmonlar kompaniyaning Xitoy va boshqa mamlakatlarda amalga oshirgan energetika loyihalari, sohadagi boy tajribasi hamda qurilish sifati, samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi yondashuvlari haqida ma’lumot berdilar.
Viloyat hokimi shamol energetikasini rivojlantirish elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish, an’anaviy yoqilg‘i resurslarini tejash va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Muloqotda mutaxassislar ishtirokida hududning salohiyati va mavjud imkoniyatlarini atroflicha yana bir bor o‘rganish, loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini belgilash va hamkorlikni davom ettirish chora-tadbirlari kelishib olindi.



