Farg‘onada yoshlar siyosati: bandlik, manzilli yordam va zamonaviy kasblar
2026-10-22 17:10:00 / Matbuot anjumanlari

Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov jurnalist va blogerlarga yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasblarga o‘qitish borasidagi natijalar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, yil boshida xatlovda aniqlangan 7 841 nafar ishsiz yoshning 7 818 nafari — 99,7 foizining bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 16 329 nafar yoshga 728 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi. «Yoshlar daftari» orqali 1 022 nafar yoshga 3,3 milliard so‘mlik manzilli yordam ko‘rsatildi.
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan 1 445 ta tadbirda 47 ming nafardan ortiq yosh qamrab olindi.
Axborot texnologiyalari sohasida ham imkoniyatlar kengaymoqda. Joriy yilda 49 ta yangi IT kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, IT Park rezidentlari soni 149 taga, ulardagi xodimlar soni 1 750 nafarga yetdi. Viloyatdagi «Ayti shaharchasi» markazlarida 23,2 ming nafardan ortiq, Coursera platformasida esa 41 ming nafar yosh o‘quv kurslarini tamomlab, sertifikat oldi.
Matbuot anjumanida OAV vakillari qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.



