Tibbiyot yo‘nalishidagi loyihalar muhokama qilindi
2026-10-21 20:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Farg‘ona shahridagi Ekoshahar — “Yangi O‘zbekiston” massivida zamonaviy tibbiyot markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Medma” xalqaro tibbiy kompaniyalar guruhi onkologiya, dializ, kardiologiya, reproduktiv salomatlik va boshqa yo‘nalishlarda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatadi. Kompaniyaning turli mamlakatlardagi klinikalari tarmog‘i aholiga zamonaviy tibbiy xizmatlar taqdim etishga qaratilgan.
Muloqot davomida avvalgi uchrashuvda erishilgan kelishuvlar asosida loyihani amaliy bosqichga olib chiqish, uning tashkiliy masalalarini hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Farg‘onaning qulay geografik joylashuvi nafaqat O‘zbekiston hududlaridan, balki qo‘shni davlatlardan ham bemorlarni jalb etish uchun imkoniyat yaratishi ta’kidlandi.
Rossiyalik investorlar loyihani qisqa muddatlarda boshlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Viloyat hokimi tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uni amalga oshirish uchun zarur ko‘mak ko‘rsatilishini qayd etdi.
Loyihani amalga oshirish va hamkorlikni rivojlantirishga doir keyingi qadamlar kelishib olindi.


