Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlik kengaytiriladi
2026-10-19 22:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda hamkorlik doirasida energiya resurslaridan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Kompaniya mutaxassislari tomonidan viloyatda o‘tkazilgan o‘rganishlar, instrumental diagnostika natijalari va energiya tejash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
“GLOTECH Energy” qo‘shma korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani va hamkorlik doirasidagi amaliy ishlar boshlangani qayd etildi.
Muloqotda energiya iste’molini maqbullashtirish, ishlab chiqarish uskunalarini raqamli texnologiyalar asosida diagnostika qilish va onlayn monitoring tizimlarini joriy etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Kompaniyaning dasturiy ta’minot ishlab chiqish, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash va integratsiya qilish hamda IT infratuzilmani joriy etish borasidagi tajribasi haqida ma’lumot berildi. Korxonalarda, qishloq xo‘jaligi texnologiyalarida, xususan, suv nasoslarida, sovutgichlardan foydalanishda ilagri surilgan tashabbus iqtisodiy samara berishi, manfaatli bo‘lishi aytildi.
Ushbu yo‘nalishdagi loyihalarga investitsiya kiritish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda viloyatda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, raqamli yechimlardan foydalanish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.



