«Xo‘ja Ahmad Vale» maqbarasi ta’mirlanmoqda
2026-10-19 16:25:00 / Yangiliklar
Farg‘ona tumani «Vodil» mahallasidagi «Chinor tagi» istirohat bog‘ida joylashgan «Xo‘ja Ahmad Vale» maqbarasi homiylik yo‘li bilan ta’mirlanmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur maskanda bo‘lib, ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Hududni obodonlashtirish, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Mas’ullarga maqbaradagi ta’mirlash ishlarini qisqa muddatda sifatli yakunlash, ming yillik chinor atrofini obodonlashtirish, choyxona, o‘yingoh va attraksionlarni tartibga keltirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Shuningdek, tarixiy muzey, kutubxona va ochiq amfiteatr barpo etish ishlarini boshlash vazifasi belgilandi.



