Farg‘ona turizmi va xalqaro imiji uchun yangi imkoniyatlar
2026-10-17 19:35:00 / Yangiliklar

Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlandi.
2013-yildan buyon O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirib kelayotgan kompaniya vakillari Farg‘onada Duty Free — bojsiz savdo majmuasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdilar.
Investorlar mazkur loyihani amalga oshirishda hududning aholi soni, iqtisodiy salohiyati va iste’mol bozori imkoniyatlarini inobatga olayotganliklarini qayd etishdi.
Loyiha hududda turizmni rivojlantirish, xorijiy sayyohlar oqimini oshirish va Farg‘ona viloyatining xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuvda loyihani amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilib, aniq reja asosida o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.


