Xitoylik investorlar bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
2026-10-17 19:05:00 / Yangiliklar

“Jiangsu Chenhui Construction Co., Ltd.” kompaniyasi vakili Ge Chennin avvalgi muloqotlarda muhokama qilingan zamonaviy sport inshootlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish loyihasini amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha taqdimot qildi.
Kompaniya vakillari sport inshootlarini milliy me’morchilik an’analari va qadriyatlarini inobatga olgan holda, xalqaro standartlar asosida barpo etish jarayonlariga to‘xtaldilar.
Viloyat hokimi mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Jintian Industrial Development Group” kompaniyasi rahbari Vey Sin esa qishloq xo‘jaligida suv resurslarini aqlli boshqarish va suv tejamkorligini ta’minlashga qaratilgan loyiha haqida ma’lumot berdi. Ushbu tashabbus doirasida suvdan foydalanishni zamonaviy texnologiyalar yordamida nazorat qilish, inson omilini kamaytirish va ish samaradorligini oshirish nazarda tutilgan.
Dastlab pilot loyihani ishga tushirish, uning imkoniyatlarini namunaviy tarzda ko‘rsatish va zarur uskunalarni ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Uchrashuv davomida har ikki yo‘nalishdagi tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish, loyihalarni puxta ishlab chiqish va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.



