Yangi loyihalar — hamkorlikning navbatdagi qadami
2026-10-17 18:35:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining «Jinan Fengmian Machinery Equipment Co., Ltd.» kompaniyasi direktori Syuli Lyu bilan o‘tkazilgan uchrashuvda investitsiya loyihasi ko‘rib chiqildi.
Kompaniya paxta xom ashyosini qayta ishlash va paxta yog‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy sanoat majmuasini qurishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv yakunida loyiha takliflarini amaliy bosqichga olib chiqish va bu borada hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.
Ma’lumot uchun, «Jinan Fengmian Machinery Equipment Co., Ltd.» kompaniyasi 2012-yilda Shandun provinsiyasining Szinan shahrida tashkil etilgan. Kompaniya paxta xom ashyosini qayta ishlash sanoati uchun texnologik uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan. Kompaniya o‘z ishlab chiqarish quvvatlari va muhandislik-texnik salohiyatiga, shuningdek, xalqaro bozorlarga, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlariga uskunalar yetkazib berish tajribasiga ega.

