Madaminov Islom Akramovich Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
2026-10-17 08:50:00 / Yangiliklar
Islom Madaminov 1992-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Farg‘ona politexnika instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda Latviyaning “ISMA” menejment oliy maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Rishton tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iz Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida investitsiya menejeri (boshqarma boshlig‘i) sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
