Paxtadan hosildorlik oshmoqda
2026-10-16 18:30:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda tumanda yetishtirilgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda yig‘ib olish maqsadida terim jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Bunda zamonaviy paxta terish mashinalaridan samarali foydalanilib, hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Viloyat hokimi “Elyor – N” hamda “Hamzabek Qosimov” fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, paxta terish mashinalarining ish jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan suhbatlashdi. Xo‘jalik rahbarlari joriy mavsumda har gektardan 60–65 sentnerdan hosil olinayotganini ma’lum qildilar.
Bunday natijalarga yerdan unumli foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda paxta yetishtirishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash hisobiga erishilmoqda.
Viloyat hokimi terimni belgilangan muddatlarda yakunlash, paxtani dalada qoldirmasdan, sifatli va nes-nobud qilmay yig‘ib olish muhimligini ta’kidladi.


