Yozyovon yangi qiyofaga kirmoqda
2026-10-16 18:00:00 / Yangiliklar

Viloyat rahbari ziyoratgohning ko‘rkam qiyofa kasb etgani, ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlarni e’tirof etdi.
— Yozyovon haqiqatan ham yangi qiyofa kasb etmoqda, har tomonlama rivojlanib bormoqda. Ziyoratgoh ham juda ko‘rkam va shinam maskanga aylanibdi. Amalga oshirilgan ishlar tahsinga sazovor. Bunga hissa qo‘shgan barchaga rahmat, — dedi viloyat hokimi.
Ziyoratgohni obod qilish uchun 3,4 milliard so‘m yo‘naltirilib, infratuzilmani yaxshilash, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish va hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bajarildi.
Xususan, ko‘chma savdo do‘konlari tashkil etilib, ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Viloyat hokimi ziyoratgoh hududida tashkil etilayotgan Yozyovon o‘lkashunoslik muzeyi uchun jamlanayotgan noyob eksponatlar bilan ham tanishdi.
Tuman tarixi, xalqimizning turmush tarzi va boy madaniy merosini aks ettiruvchi ushbu ashyolar yosh avlodni o‘tmish bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.
Qur’on tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz ravnaqini tilab duolar qilindi.






