"Hansae Mobility” va Farg‘ona: ishonchli hamkorlikning amaliy samarasi
2026-10-13 21:10:00 / Yangiliklar

Viloyat rahbariga "Hansae Mobility Turan" korxonasi ijrochi direktori Jong Day Von avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan ish o‘rinlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, ularning sifati haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi “Hansae Mobility” kompaniyasi raisining o‘rinbosari Kim Ik Xvan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy muloqotda viloyat hokimi bugun yangi korxona ishga tushirilgani bilan kompaniya vakillarini tabriklab, loyihaning to‘liq mahalliylashtirish dasturiga muvofiq amalga oshirilayotganiga e’tibor qaratdi. Korxona faoliyatini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va kelgusida yirik ishlab chiqarish majmuasiga aylantirish imokniyatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, mazkur loyiha O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Kim Ik Xvan korxonaning qisqa muddatda ishga tushirilganini alohida ta’kidlab, loyihani amalga oshirishda ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak uchun viloyat rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Muloqot davomida korxonada mahalliylashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish, Markaziy Osiyo va Yevropa bozorlariga mahsulot yetkazib berish maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvda to‘qimachilik sohasida ham yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va koreyalik investorlarni Farg‘ona viloyatiga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Hamkorlik doirasidagi kelgusidagi ishlar, chora-tadbirlar kelishib olindi.









