O‘zbekiston va Rossiya hududlari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
2026-10-06 14:40:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Mixail Kotyukov bilan, shuningdek, Dog‘iston Respublikasi Hukumati raisi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rizvan Gazimagomedov bilan o‘zaro hamkorlik va anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Shuningdek, So‘x tumani hokimi Saidbahrom Saidmusayev va Omsk viloyati qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati vaziri Nikolay Drofa o‘rtasida agrosanoat kompleksi sohasida hamkorlik qilish va qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Tadbir doirasida Krasnoyarsk o‘lkasi va Surxondaryo viloyati, shuningdek, Krasnoyarsk o‘lkasi va Namangan viloyati o‘rtasida ham hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.
Mazkur hujjatlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, sanoat va agrosanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda hududlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.




