"Karkidon" suv ombori — Farg‘onaning yirik turistik majmuasi
2026-10-05 15:10:00 / Yangiliklar

Hudud zamonaviy infratuzilma va tabiiy landshaft uyg‘unlashgan yirik ekoturizm maskaniga aylanmoqda.
508 gektar maydonni egallagan majmua agroturizm, ekoturizm va ekstremal turizm imkoniyatlarini birlashtirgan. 45 ta shale, 57 ta zamonaviy mehmon uyi, agroturizm majmuasi, gullar bog‘i, lavandazor, ekobozor, sokin hududlar va restoranlar tashkil etilgan va keyingi bosqichdagi ishlar davom ettirilmoqda.
Loyiha doirasida yuzdan ortiq tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, 2 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
Yiliga 750 ming nafar sayyohni qabul qilish rejalashtirilgan. Majmuada ekoturizm bilan bir qatorda faol va ekstremal turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish, xususan motokross maydonlari, karting, dor yo‘li va golf maydoni tashkil etilmoqda.
Tashrif davomida Rossiya delegatsiyalariga "Karkidon"ning tabiiy salohiyatini zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.






