Farg‘ona qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga Rossiya bozorida talab yuqori
2026-10-05 14:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishi doirasida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan Rossiya hududlari delegatsiyalari mazkur agrokompleks faoliyati bilan tanishdilar.
Umumiy maydoni 3,5 gektar bo‘lgan majmuada 12 turdagi mahsulot bo‘yicha yiliga 5 ming tonnagacha mahsulotni yetishtirish va tayyorlash imkoniyati mavjud.
Majmuada in vitro laboratoriyasi va ko‘chatxona faoliyat yuritib, yiliga 1 milliondan ortiq ko‘chat yetishtirish imkoniyati yaratilgan. Bunda xorij tajribasidan foydalanilmoqda. Shuningdek, fermerlar va aholi uchun zamonaviy bog‘dorchilik texnologiyalarini o‘rgatuvchi Agrosanoat maktabi tashkil etilgan.
Bu yerda 3 500 tonna mahsulotni saqlashga mo‘ljallangan sovitish kompleksi, zamonaviy saralash-qadoqlash hamda IQF shokli muzlatish liniyalari mavjud. Italiya va Ispaniya texnologiyalari asosida jihozlangan ishlab chiqarish quvvatlari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport talablari asosida tayyorlash imkonini beradi.
“Quva Agro Star” mahsulotlari Yaponiya va Angliya bozorlariga yetkazib berilmoqda. 2025-yilda ilk bor aviacharter orqali Yaponiya va Janubiy Koreya bozorlariga ham mahsulotlar eksport qilingan. Korxonada 80 nafardan ortiq xodim mehnat qiladi.
Majmuaning yetishtirishdan tortib, mahsulotni tashqi bozorga tayyorlashgacha bo‘lgan yaxlit tizimi Rossiya delegatsiyalari e’tiborini tortdi.









