Navbatdagi sayyor qabul: murojaatdan amaliy natijaga
2026-09-25 17:30:00 / Yangiliklar

Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, shahar va tumanlar hokimliklari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddi idoralar hamda tegishli sohalar mas’ullari ishtirok etdi.
Viloyatning turli shahar va tumanlaridan kelgan fuqarolar uy-joy, yer va kadastr, bandlik va ish haqi, davolanish, moddiy yordam, kredit olish, sud ishlari hamda Majburiy ijro byurosi faoliyati bilan bog‘liq masalalarda murojaat qildilar.
Yuzma-yuz muloqotda viloyat rahbari har bir murojaatni tinglab, ko‘tarilgan masalalarga qonuniy yechim topishga e’tibor qaratdi.
Sayyor qabul davomida jami 154 nafar fuqaroning murojaati eshitildi. Shundan tezkor hal etish imkoni bo‘lgan 74 ta masala bo‘yicha shu joyning o‘zida mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Qo‘shimcha o‘rganish, huquqiy yoki tashkiliy yechim talab etadigan murojaatlar tegishli idoralarga yo‘naltirildi. Ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha fuqarolarga asoslantirilgan javob berish vazifasi qo‘yilib, ijrosi nazoratga olindi.









