Zamonaviy laboratoriyalar: oziq-ovqat xavfsizligi va eksport imkoniyatlarining yangi imkoniyatlari
2026-09-07 12:05:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 12-maydagi Farmoni bilan oziq-ovqat xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimi joriy etilib, “daladan dasturxongacha” tamoyili asosida zamonaviy yondashuvga yo‘l ochildi.
Farg‘ona viloyatida ham ushbu tizim doirasida zamonaviy laboratoriya infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Agrokimyo va tuproq tahlili markazida 500 dan ortiq turdagi pestitsid qoldiqlari, og‘ir metallar va nitratlarni aniqlash imkonini beruvchi zamonaviy uskunalar ishga tushirildi.
Fitosanitariya laboratoriyasida esa PZR va rentgen uskunalari yordamida o‘simliklardagi virusli va bakterial kasalliklar, zararkunandalar hamda boshqa xavf omillari aniqlanmoqda.
Bu nafaqat ichki bozorni xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash, balki Farg‘onada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda.



