“Kam Air” kompaniyasi bilan hamkorlik ko‘lami kengaymoqda
2026-09-04 15:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda “Uzbekistan Airports” AJ Tijoriy faoliyat departamenti boshlig‘i Timur Xalilov ham ishtirok etdi.
Joriy yil 26–27-iyul kunlari Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazilgan edi.
Muloqotda ushbu tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, aviasozlik sohasida ham hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, Farg‘onada yangi xalqaro aviakompaniya tashkil etish tashabbusi yuzasidan fikr almashildi. Loyihani amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar, zarur infratuzilma va xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish jarayonlari muhokama qilindi.
Tegishli tashkilotlar va mutaxassislar ishtirokida loyihani amaliy bosqichga olib chiqish, xalqaro standartlar asosida ishlarni tashkillash chora-tadbirlariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida istiqboldagi masalalar kelishib olindi.



