O‘rda maydonida mumtoz va zamonaviy musiqa sadolari yangradi
2026-09-04 10:50:00 / Yangiliklar

Fortepiano ijrochiligi yo‘nalishida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlar ishtirokidagi konsert dasturida mumtoz va zamonaviy musiqa namunalari, taniqli kompozitorlar asarlari hamda turli musiqiy kompozitsiyalar ijro etildi.
Yosh ijrochilar o‘zlarining ijro mahoratini namoyish etdi. Konsert dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Yurtimiz bo‘ylab iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va katta sahnalarga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan “Mohir fortepianochi” tanlovi chinakam iqtidor egalarini kashf etgani bilan muhim o‘rin tutmoqda. Hududlarda tanlov g‘oliblari ishtirokida tashkil etilayotgan dastur ham buni yaqqol ko‘rsatmoqda.
Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.









