Isfayramsoy bo‘yida zamonaviy dam olish maskani barpo etiladi
2026-09-02 14:50:00 / Yangiliklar

Sohilbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, hududni obodonlashtirish hamda aholi va mehmonlar uchun zamonaviy va qulay dam olish maskanini tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflari ko‘rib chiqildi.
Loyiha doirasida Isfayramsoyning 5,8 kilometr uzunlikdagi qirg‘oq qismini mustahkamlash, 100 gektar maydonda zamonaviy sohilbo‘yi dam olish hududi - plyaj tashkil etish, shuningdek, soy bo‘yida turli xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi hududning turistik va rekreatsion salohiyatini oshirish, aholi uchun mazmunli hordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etishga xizmat qiladi.
Viloyat hokimi loyiha takliflarini yanada takomillashtirish, hududning arxitekturaviy qiyofasi va muhandislik infratuzilmasini puxta rejalashtirish hamda amaliy ishlarni bosqichma-bosqich boshlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.



