So‘xdagi yirik GES qurilishi jadal davom etmoqda
2026-08-24 19:30:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So‘x tumanida bo‘lib, ushbu yirik energetika loyihasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Ayni paytda GES kanali ichki va yon qismlarini tekislash hamda mustahkamlash ishlarining asosiy qismi bajarilmoqda. Hududda betonlash ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Qurilish jarayonlariga 80 ta turli rusumdagi maxsus texnika jalb etilgan. Shuningdek, hududdagi ishsiz fuqarolar, jumladan, mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Viloyat rahbari loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qurilish jarayoni va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullar hisobotini eshitdi.
Xayrullo Bozorov ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash, sifatli bajarish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.




