Farg‘onalik faol tadbirkorlar mehnati e’tirof etildi
2026-08-18 13:15:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimligida ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mukofotlanganlarni samimiy tabriklab, tadbirkorlarning fidokorona mehnati, yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalarni jalb etish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning mehnatini qadrlash va qo‘llab-quvvatlash tizimi yangi bosqichga chiqqani ta’kidlandi. Yurtimizda Tadbirkorlar kunining keng nishonlanishi hamda soha vakillarining muntazam rag‘batlantirib borilishi ham ana shu yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.
Bunday e’tirof tadbirkorlarga faxr va g‘urur bag‘ishlash bilan birga, ularni yangi loyihalarni amalga oshirish, viloyatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini yanada yuksaltirishga undashiga ishonch bildirildi.
Tadbirda yuksak davlat mukofotlari va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.






