Aholi bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
2026-08-12 15:00:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona tumanidagi o‘rganishlari davomida ushbu mahallada bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi.
Mahallada tadbirkor Ranjida Abduvaliyeva tashabbusi bilan ikki qavatli tadbirkorlik markazi tashkil etilgan. Markazda tikuvchilik va pazandachilik yo‘nalishlari, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. Yigirmadan ziyod yangi ish o‘rni yaratilgan.
Binoda nuroniylar uchun ham alohida xona tashkil etilgan. Kelgusida bu yerda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida shaxmat va shashka to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish, nuroniylar uchun sog‘lomlashtirish markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, muloqot davomida nuroniylar taklifi asosida mahallada aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan kutubxona tashkil etish belgilandi.
Viloyat hokimi tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va markaz imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.






