Xitoylik investor Bag‘dodda zamonaviy sanoat loyihasini amalga oshiradi
2026-08-11 18:20:00 / Yangiliklar

Muloqotda investorning Bag‘dod tumanida sanoat korxonasini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari hamda istiqboldagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Investor tomonidan Bag‘dod tumanida “GRANDHUNT 1688” xorijiy korxonasi tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Loyiha doirasida temir konstruksiyalarini qayta ishlash, profnastil va sendvich panellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun Bag‘dod tumanidagi iqtisodiy zona hududidan 5 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilgan. Loyihaga qariyb 20 million dollar investitsiya kiritilib, mazkur hududda ikki bosqichda ikkita zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi barpo etiladi.
Ayni paytda loyihaning dastlabki bosqichi doirasida zarur texnologik uskunalarni olib kelish hamda temir konstruksiyalar va sendvich panellar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish ishlari boshlanmoqda. Keyingi bosqichda esa zamonaviy ishlab chiqarish zavodlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuvda investitsiya loyihasini samarali amalga oshirish uchun investorga belgilangan tartibda zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Viloyat hokimi istiqbolli loyihani qo‘llab-quvvatlashini bildirib, uni amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.



