Har bir loyiha hudud rivoji hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi
2026-08-11 17:40:00 / Yangiliklar

“Quva tekstil” MCHJ tomonidan sobiq aerodrom hududida paxta tozalash zavodi hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish rejalashtirilgan. Loyihalar doirasida 10 million dollardan ziyod investitsiya o‘zlashtirilib, 300 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shu yerda tumanda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan 15 dan ortiq loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Xususan, “Abdumutal Madaminov”, “Islombek Muhammadaliyev”, “Solijon Ahmedov” va “Lochin” fermer xo‘jaliklarida har birida 1 ming bosh chorva molini boqishga mo‘ljallangan loyihalar amalga oshiriladi. “Ziroatchi Mustafoqul” fermer xo‘jaligida esa 2 ming bosh chorva molini parvarishlashga ixtisoslashgan chorvachilik majmuasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Viloyat rahbariga mazkur loyihalarning maqsad va vazifalari, ishlab chiqarish quvvatlari hamda kelgusida yaratiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Xayrullo Bozorov chorvachilik loyihalarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, ilg‘or texnologiyalarni keng joriy qilish, chorva mollarining nasli va mahsuldorligini oshirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Oydinbuloq mahallasida tadbirkor Bahodir Mustafoqulov tomonidan 1 000 bosh qoramol hamda 100 bosh yilqi boqish loyihasini amalga oshirish boshlanmoqda. Viloyat rahbari bu yerda bo‘lib, tadbirkorning chorvachilik faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Ayni paytda 400 bosh chorva parvarishlanmoqda.
Nuroniylar ishtirokida yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi va loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi tilab duolar qilindi.






