Poytaxtda axborot xizmatlari rahbarlari uchun seminar-trening boshlandi
2026-08-10 14:30:00 / Yangiliklar

Treningning dastlabki mashg‘ulotida professor Beruniy Alimov ishtirok etib, axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan ochiq va tizimli muloqot o‘rnatish borasida o‘z tajriba va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.
Mashg‘ulot davomida hokimliklar axborot xizmatlari oldida turgan muhim vazifalar, axborotni tezkor, xolis va sifatli yetkazish, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, axborot xizmati rahbari zamonaviy media muhitida qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, jamoatchilik e’tiboridagi masalalarga tezkor munosabat bildirish, rasmiy axborotlarni tayyorlash va tarqatishda aniqlik, xolislik hamda ishonchlilikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Seminar-treninglar davomida ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarini ham oshirib, hudud axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashadilar.




