Quvadagi har bir mahalla obodlik va oilalar daromadini oshirishda namuna bo‘lishi kerak
2026-07-30 17:45:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quva tumanidagi mahallalarda oylik doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida hududlarda obodonlashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va har bir mahallani namunali hududga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.
Xususan, “Yangi chek” MFYda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, aholi daromadlarini oshirish hamda tomorqalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
Ma’mudjon Davidov o‘z xonadonida maymunjon (yejivika) yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Bu serhosil va serdaromad rezavor oilaga yaxshigina daromad keltirmoqda.
Viloyat rahbari mazkur xonadon tajribasini mahallada keng ommalashtirish va hududni shu yo‘nalishga ixtisoslashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, har bir ko‘chani obodonlashtirish, xayriya ishlarini kengaytirish vazifalari belgilab berildi.




