Tabiat qo‘ynidagi maroqli hordiqqa ne yetsin!
2026-07-30 17:15:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda ushbu ekoturizm maskani o‘ziga xos tabiiy iqlimi, sun’iy ko‘li hamda dam oluvchilar uchun yaratilgan zamonaviy qulayliklari bilan aholining sevimli hordiq chiqarish maskanlaridan biriga aylangan. Bu yerda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida baliqlarni tomosha qilish, ov qilish va tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Viloyat rahbari tadbirkor Mirkomil Qosimov bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida tadbirkor mazkur turizm obyekti faoliyatini yanada kengaytirish, xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini oshirish hamda dam oluvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha istiqboldagi rejalari va loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Viloyat hokimi turizm maskanining imkoniyatlarini yuqori baholab, mahalliy ekoturizmni yanada rivojlantirish va tadbirkorning istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.






