Madaniyat va istirohat bog‘i zamonaviy maskanga aylanmoqda
2026-07-30 16:25:00 / Yangiliklar
Quva tumani markazi bugungi kunda tubdan yangilanib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Xususan, hududdagi Bo‘ston ko‘chasi 24/7 tartibida faoliyat yurituvchi zamonaviy ko‘chaga aylantirildi.

Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida esa rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
Ayni paytda mazkur istirohat bog‘ida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Loyiha doirasida hududdagi noqonuniy qurilmalar to‘liq bartaraf etildi, hudud obodonlashtirilmoqda. Shuningdek, avtoturargohlar tashkil qilindi.
Aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida bog‘ hududiga 20 ga yaqin zamonaviy attraksionlar o‘rnatildi hamda 900 o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatr qurib bitkazildi.






