“Karkidon” turizm majmuasining jozibadorligi oshmoqda
2026-07-30 15:15:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda mazkur maskan yurtdoshlarimizning eng sevimli hordiq manzillaridan biriga aylandi. Bu yerga kuniga o‘rtacha 4 ming, shanba va yakshanba kunlari esa 15-20 ming nafargacha aholi dam olish uchun kelmoqda.
Hozirgi kunda turizm majmuasida loyihaning navbatdagi bosqichlari doirasida qurilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, gullar bog‘i, akvapark barpo etilib, xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish choralari ko‘rilyapti. Motokross maydonlari, 2 kilometrli dor yo‘li, karting va golf maydonlari tashkil etilmoqda.
Viloyat rahbari bu yerdagi jarayonlar bilan yaqindan tanishib, majmuada to‘rt faslda ham aholi dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish, zamonaviy ko‘ngilochar va servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.









