Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Mozori Sharif shahrida
2026-07-27 11:10:00 / Yangiliklar
Afg‘onistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi tadbirkorlardan iborat delegatsiya mamlakatning yirik iqtisodiy va savdo markazlaridan biri hisoblangan Mozori Sharif shahriga yetib keldi.

Tashrif dasturi doirasida davlat idoralari vakillari, ishbilarmon doiralar hamda mahalliy tadbirkorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ularda o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va hududlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, tashrifning muhim voqealaridan biri sifatida Mozori Sharif shahrida Farg‘ona viloyati Savdo uyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Viloyat delegatsiyasi aeroportda rasmiy vakillar tomonidan kutib olindi.



