Iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
2026-07-27 10:45:00 / Yangiliklar

Afg‘oniston Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy bilan bo‘lib o‘tgan samimiy va do‘stona ruhdagi muloqotda keyingi yillarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida o‘zaro ishonch, qardoshlik munosabatlari hamda savdo-iqtisodiy aloqalar izchil mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.
Qobul shahrida Farg‘ona savdo uyining tashkil etilgani tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi, ikki tomonlama savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishi va yangi biznes hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi qayd etildi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Afg‘oniston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti, logistika, elektrotexnika va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Afg‘oniston bozoriga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, un va don, to‘qimachilik sanoati mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak, qurilish materiallari hamda farmasevtika mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar ko‘rib chiqildi.




