Ekoshahar: bu uylarda yashashning zavqi boshqacha
2026-07-24 21:15:00 / Yangiliklar

Bugungi kunga qadar majmuaning birinchi bosqichi doirasida 4 ta ko‘p qavatli uydagi 350 ta xonadon o‘z egalariga topshirildi. Joriy yil yakuniga qadar yana 350 ta xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shahardagi o‘rganishlari davomida mazkur turar joy majmuasida ham bo‘lib, qurilish ishlarining borishi hamda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Qiymati 520 milliard so‘m bo‘lgan ushbu yirik loyiha doirasida 13 ta ko‘p qavatli uyda jami 1090 ta xonadon barpo etiladi.
O‘rganish davomida viloyat rahbari quruvchilar bilan suhbatlashib, qurilish ishlarining sifati va muddatlariga qat’iy rioya etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda aholi uchun barcha zarur infratuzilmani shakllantirish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.






