Zamonaviy turar joy majmualari ko‘paymoqda
2026-07-24 20:55:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha 3 gektar maydonda amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, jami 800 ta xonadondan iborat 17 ta ko‘p qavatli turar joy qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha tashabbuskori — tadbirkor Jobir Kamoliddinov.
E’tiborlisi, bu yerda aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratish bilan birga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 500 o‘rinli umumta’lim maktabi hamda 260 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Ta’lim muassasalari zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, o‘quv-tarbiya jarayoni ilg‘or pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 300 milliard so‘mni tashkil etadi.
Bugungi kunga qadar majmuadagi 283 ta xonadon foydalanishga qabul qilingan. Yil yakuniga qadar yana ikkita ko‘p qavatli uyda joylashgan 108 ta xonadonni foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.
Viloyat hokimi bog‘cha, maktab faoliyati bilan tanishib, amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholadi.









