Ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-07-24 01:10:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama kun tartibidagi barcha prinsipial va murakkab masalalar muvaffaqiyatli hal etilgani alohida qayd etildi. Shuningdek, bugungi kunda hududlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilib, hamkorlik aloqalari faol rivojlanayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalardagi hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» loyiha taklifi ko‘rib chiqildi. Unda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, chorvachilik, kartoshkachilikni rivojlantirish hamda zamonaviy sovutgichli omborxonalar tashkil etish, turizm, ta’lim, madaniyat kabi yo‘nalishlar bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

