“Dugoba” ham zamonaviy turizm maskaniga aylanadi
2026-07-24 00:55:00 / Yangiliklar

Shohimardon va Dugoba o‘zining betakror tabiati, purviqor tog‘lari, zilol soylari hamda musaffo havosi bilan hamisha sayyohlarni o‘ziga chorlab kelgan. Bugungi kunda ham bu maskanlar dam oluvchilar bilan gavjum.
Uchrashuv davomida ikki hudud rahbarlari bu yerdagi dam olayotgan yurtdoshlarimiz bilan samimiy muloqot qildilar.
Dugobaga olib boruvchi yo‘llarni kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ikki davlat tadbirkorlari hamkorligida yangi dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.
— Eng muhimi, bu yerda yozgi va qishki turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud, — dedi viloyat hokimi. — Agar birgalikda zarur sharoitlarni yaratsak, ushbu maskan butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb qila oladi.
Uchrashuv yakunida «Shohimardon-Dugoba» turizm yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.









