Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning sanoat muhandisligi, elektrlashtirish va avtomatlashtirish sohasida faoliyat yurituvchi "CDG Mühendislik San. ve Tic. A.Ş." kompaniyasi vakili Chag‘lar Ozer hamda uning O‘zbekistondagi hamkorlarini qabul qildi.
2026-07-21 20:25:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov keyingi yillarda Farg‘ona viloyatida turkiyalik investorlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati respublikada sanoat salohiyati yuqori bo‘lgan hududlardan biri ekanini qayd etib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani, istiqbolli tashabbuslar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.
Chag‘lar Ozer kompaniyaning Turkiya va O‘zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalari haqida ma’lumot berdi. Muloqot davomida sanoat sohasida muhandislik xizmatlarini tashkil etish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash, tibbiyot sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar asosida hamkorlik loyihalarini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.


