Farg‘onalik uch nafar yosh “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi
2026-07-16 15:40:00 / Yangiliklar
Yoshlar kunida Respublika miqyosida turli sohalarda munosib yutuqlarga erishgan, tashabbuskorligi, fidoyiligi va vatanparvarligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh farg‘onalik faol yoshlar ham “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.

Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar doirasida mazkur ko‘krak nishoni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sport vaziri Adham Ikramov ishtirok etdi.
Farg‘ona shahri “Beshbola” mahallasi yoshlar yetakchisi Muhammadyusuf Abdullaxatov, Oltiariq tumani Madaniyat bo‘limi mudiri Murodjon Kamoliddinov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘qon davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yo‘nalish koordinatori Oydinoy Xolmirzayeva mazkur mukofotga sazovor bo‘lib, ularga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi.


