Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
2026-07-14 22:50:00 / Yangiliklar

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda mazkur kompaniya bilan hamkorlikda viloyatda yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani hamda ikki tomonlama strategik aloqalar izchil kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Xitoylik investorlar yaratilayotgan qulay imkoniyatlar, tashabbuslar yaqindan qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun minnatdorchilik bildirdilar. Farg‘onada ish boshlash istagida bo‘lgan xitoylik tadbirkorlar ko‘p ekanligi ma’lum qilindi.
Muloqot yakunida Xitoy investorlarining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Hengtai” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan Farg‘ona viloyatining iqtisodiy va turistik salohiyatini yangi bosqichga olib chiquvchi qator istiqbolli investitsiya kelishuvlari imzolandi.
Jumladan, Foshan sanoat zonasi hamda Farg‘ona viloyatida zamonaviy savdo majmuasi, Farg‘ona tumanida zamonaviy hayvonot bog‘i va yangi turizm majmuasini barpo etish, Marg‘ilon shahrida 5 yulduzli mehmonxona qurish hamda O‘zbekiston tumanida yuqori sifatli sement va qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi qayd etildi.
Shuningdek, "Hengii qurilish materiallari investitsiyalar" MCHJ xususiy korxonasi bilan ham qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Bu loyihalar hududda yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, viloyatning iqtisodiy barqarorligi va sayyohlik jozibadorligi ortishiga xizmat qiladi.





