Istiqbolli loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
2026-07-08 21:30:00 / Yangiliklar

Muloqotda hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Xususan, g‘o‘zapoyani qayta ishlash va biochar ishlab chiqarish, undan issiqlik, elektr energiyasi hamda boshqa mahsulotlar olish takliflari bildirildi.
Viloyat rahbari Farg‘onada mazkur yo‘nalishda katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi. Kelgusidagi aniq vazifalar belgilab olindi.
“BELLESEKSPORT” RUK — Belarus O‘rmon xo‘jaligi vazirligi tizimidagi eksport-ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, mamlakat o‘rmon sanoati mahsulotlarini xalqaro bozorlarga chiqarish va tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishga ixtisoslashgan.


