Farg‘onada Janubiy Koreya kompaniyasi ishtirokida istiqbolli energetika loyihasi amalga oshiriladi
2026-07-06 15:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Furqat tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur loyiha qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash va ulardan samarali foydalanish orqali hududni barqaror elektr hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Loyiha ekologik barqarorlikni ta’minlab, atrof-muhit muhofazasini kuchaytirishda va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy iqtisodiyotni rivojlantiradi.
Muloqotda ayni jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari yuzasidan ham takliflar bildirildi.
Uchrashuvda kompaniyaning ilg‘or tajribasini Farg‘ona viloyatida joriy etish, taqdim etilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.



