Quvasoylik yoshlar san’atda ham peshqadam
2026-07-03 22:35:00 / Yangiliklar

Mazkur markazda 5 ta havaskorlik ansambli hamda 6 ta san’at yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Ularga 150 nafarga yaqin yoshlar jalb etilgan. Viloyat rahbari madaniyat markazi binosini ta’mirlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shu yerda 1-umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Turon” maktab teatri to‘garagining “Turon zaminlari” jamoasi tomonidan Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari asosida sahnalashtirilgan spektakldan parcha namoyish etildi.
Ushbu jamoa “Turon” maktab teatri tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni, respublika bosqichida esa “Eng bilimdon jamoa” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan.
Viloyat hokimi maktab o‘quvchilarining iste’dodini yuqori baholab, ularning kelgusi ijodiy ishlarida zafarlar tiladi.





