Drayver loyiha uchun mablag‘ hisobiga Quvasoy shahri markazidagi Beshalishsoyning 1 kilometrlik qismi betonlashtirilib, qirg‘oqlari mustahkamlandi.
2026-07-03 22:25:00 / Yangiliklar
Yo‘laklar barpo etilib, hudud obdonlashtirildi.

Endilikda bu yerda aholi uchun zamonaviy dam olish maskanlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etiladi.
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu yerda amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, qator loyihalar bilan tanishdi.
Xususan, Huvaydo MFY hududida zamonaviy savdo, xizmat ko‘rsatish, oshxona va ko‘ngilochar maskanlar barpo etish ko‘zda tutilmoqda.
Shahar istirohat bog‘i esa rekonstruksiya qilinadi. Arsif mahallasida esa turizm maskanlari qurish rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi loyihalarni shaharsozlik normalariga muvofiq puxta ishlab chiqish va aholi uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.




