Koreyaliklar bilan hamkorlikdagi yangi korxona tez orada ish boshlaydi
2026-07-03 20:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda qurilish ishlari yakunlanayotgan bo‘lib, dastgohlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Quvasoy shahridagi o‘rganishlari davomida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ushbu korxonada bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan qiziqdi.
30 mln dollar sarmoya yo‘naltirilayotgan yangi korxona Koreya bilan yaqin hamkorlik munosabatlarining amaldagi natijasi bo‘lmoqda.
Loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda 120 ta, umumiy hisobda 200 tadan ziyod ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. 2026-yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.
Kelgusida ushbu korxona atrofida yana qo‘shimcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maskanlarini barpo etish maqsad qilingan.
Koreyalik investorlar loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.






