Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ADM Global kompaniyalar guruhi bosh direktori Daniyar Davletiyarov boshchiligidagi kompaniya vakillari bilan uchrashdi.
2026-06-29 20:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda kompaniya tomonidan Farg‘ona shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik loyiha muhokama qilindi.
Loyihaning iqtisodiy ahamiyati, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda uni amalga oshirishning tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Viloyat hokimi tadbirkorlar tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidlab, loyihani amalga oshirish jarayonida zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.
O‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, ADM Global xoldingi dunyoning yetakchi avtomobil brendlari — Kia, Chery, Haval, Tank, Changan hamda Hyundai Truck & Bus kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.


