Farg‘onaning investitsion salohiyati yangi hamkorlarni chorlamoqda
2026-06-29 20:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda shaharsozlik, zamonaviy infratuzilma va hududlarni kompleks rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Viloyat hokimi bugungi kunda mamlakatimizda, xususan, Farg‘ona viloyatida qurilish va shaharsozlik sohasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidlab, mazkur kompaniya bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishiga ishonch bildirdi.
Syue Yuvey Farg‘ona viloyatining iqtisodiy va investitsion salohiyati, shaharsozlik sohasidagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishayotganini qayd etib, kompaniya tomonidan zamonaviy shaharsozlik va infratuzilma yo‘nalishida yirik loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.
Muloqot davomida istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Viloyat hokimi mazkur yo‘nalishda mas’ullar biriktirilishi, hamkorlikda amaliy ishlarni boshlash va loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.


