Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Dang‘ara tumanidagi o‘rganishlari davomida Soyshildir MFYdagi mahallaning o‘yingohida sportchi yoshlar bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqotda bo‘ldi
2026-06-23 20:35:00 / Yangiliklar

Jamoa 2026-yilning 27–30-may kunlari Toshkent shahrida turli davlatlar ishtirokida o‘tkazilgan «Soccer Kids» xalqaro futbol turnirida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, yaqinda bo‘lib o‘tgan «Bunyodkor Talent Cup» musobaqasida 2018 yilda tug‘ilgan bolalar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Viloyat hokimi yosh futbolchilarni qo‘lga kiritayotgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham yuqori natijalarga erishishlarini tiladi. Suhbat davomida sport insonning jismoniy va ma’naviy kamoloti, iroda va intilishini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.
Nayza uloqtirish bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori Shahina Yigitaliyeva hamda boshqa sportchilar bilan muloqot qilinib, ularning kelgusida Olimpiya, Paralimpiya va nufuzli xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildirildi.
Shu yerda tumanda xususiy maktab, bog‘cha, IT markazlarini qurish bo‘yicha rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimot qilindi.









