“Markaziy Osiyo yosh tinchlikparvarlari klubi” tashkil etiladi
2026-06-22 13:40:00 / Yangiliklar

Jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston yoshlari ishtirokida doimiy faoliyat yurituvchi “Markaziy Osiyo yosh tinchlikparvarlari klubi”ni tashkil etish, chegaraoldi hududlarida yoshlar oromgohlari, madaniy festivallar va sport musobaqalarini muntazam o‘tkazish takliflari bildirildi.
Shuningdek, startaplar, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar sohasida qo‘shma yoshlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ekologiya va suv resurslarini va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha qo‘shma yoshlar harakatlarini rivojlantirish, talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish tashabbuslari ham anjuman ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mazkur takliflar Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamjihatlikni kuchaytirish, tinchlikparvar avlodni tarbiyalash hamda mintaqa kelajagi uchun mustahkam hamkorlik platformasini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Mazkur tadbir Farg‘ona davlat universitetda bo‘lib o‘tmoqda.


