Ayni kunlarda Bag‘dod tumanida g‘alla o‘rimi mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda
2026-06-10 18:15:00 / Yangiliklar
Samarqand MMTP hududida joylashgan “Yashil vodiy paxtazori” fermer xo‘jaligida ham o‘rim ishlari boshlandi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla hosili va o‘rim jarayonini ko‘zdan kechirdi. Joriy yilda 43 gektar maydonda mo‘l don yetishtirildi.
Shuningdek, fermer xo‘jaligining paxta maydonlari ham ko‘zdan kechirildi. Xitoy texnologiyasi asosida parvarishlanayotgan g‘o‘zalar ayni shonalash bosqichiga kirgan bo‘lib, agrotexnik tadbirlar belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga hosildorlikni yanada oshirish, parvarish ishlarini o‘z vaqtida va samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.



